Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonlik erkak pul ishlash uchun Olmaotada o‘zining o‘g‘irlanishini sahnalashtirdi
Politsiyaning ma'lumot berishicha, 37 yoshli erkak Nursultondagi biznesmen hamkoriga "odam o‘g‘rilari" nomidan o‘zining qonga bo‘yalgan fotosurati va 100 ming dollar talab qilingan ovozli yozuv jo‘natgan.
Ozarboyjon fuqarosi Olmaotada o‘zining o‘g‘irlab ketilishini sahnalashtirganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Qozog‘iston IIV matbuot xizmati.
Politsiyaning ma'lumot berishicha, 37 yoshli erkak Nursultondagi biznesmen hamkoriga "odam o‘g‘rilari" nomidan o‘zining qonga bo‘yalgan fotosurati va 100 ming dollar talab qilingan ovozli yozuv jo‘natgan.
Qozog‘istonlik tadbirkor politsiyaga murojaat qilgan va politsiya buning "o‘g‘irlab ketilgan erkak", uning jiyani va ikki tanishi qatnashgan tovlamachilik ekanligini aniqlagan.
"Suratda haqiqatan ham Ozarboyjon fuqarosi tasvirlangan, faqat uning kiyimidagi qon quyonning qoni bo‘lgan", - dedi shahar politsiya boshqarmasi boshlig‘i Yerkin Inkarov.
Ozarboyjon fuqarosi va uning sheriklari ijarada turgan xonadonidan topilgan.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025