Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda koronavirusga chalinganlar davolanayotgan mehmonxonada yong‘in chiqdi
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida koronavirusga chalinganlarni davolash uchun gospital sifatida qo‘llangan mehmonxonada yong‘in chiqdi. Buning oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi.
Yong‘in tonggi soat 5 atrofida boshlangan. Voqea oqibatida yana 20 kishi jarohat olib, boshqa shifoxonalarga o‘tkazilgan. Ulardan ba'zilarining ahvoli og‘ir.
Yong‘in vaqtida gospitalda 30 bemor davolanishda bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 6-qavatli mehmonxona pod'yezdlaridan birining birinchi va ikkinchi qavati to‘liq vayron bo‘lgan.
Ayni vaqtda Andxra-Pradesh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Hindiston shtatlari o‘rtasida 2-o‘rinda turibdi. Bu yerda 84 mingdan ko‘proq odam koronavirusdan davolanmoqda, 120 mingdan ko‘proq odam sog‘ayib ketgan, 1,8 ming kishi esa virusdan vafot etgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 2,1 mlndan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 43,5 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Mamlakat koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallamoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025