Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya koronavirusdan o‘limlar bo‘yicha kunlik statistikani e'lon qilishni to‘xtatmoqchi
Britaniya hukumati koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha kunlik statistikani e'lon qilishdan voz kechishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Foto: AP
Angliyada 17 iyuldan buyon koronavirusdan vafot etganlar haqida kundalik statistik ma'lumotlar berilmay kelmoqda. O‘shanda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu statistikaga koronavirusga chalinganidan keyin vafot etgan barcha fuqarolarni qo‘shib kelgani ma'lum bo‘lgandi. Ya'ni o‘limigacha bir necha oy oldin koronavirusga chalingani aniqlangan, biroq jiddiy alomatlar kuzatilmagan yoki virus yuqtirib olgach, yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar ham qo‘shilgan.
Shotlandiya va Uelsda esa ushbu statistikaga o‘limigacha uzog‘i 3 hafta oldin koronavirusga chalingani aniqlangan marhumlargina qo‘shilgan.
Nashrning taxmin qilishicha, Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar bo‘yicha kunlik hisobotlar boshqa e'lon qilinmaydi. Buning o‘rniga hukumat bunday hisobotni haftada bir marta berishni rejalashtirmoqda. Marhumlarni statistikaga kiritishda ularda koronavirus aniqlanganidan so‘ng vafot etgunigacha bo‘lgan vaqt hisobga olinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

13:15 / 13.05.2025