Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutladi.
«Davlatimiz rahbari o‘z maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga bo‘lgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya bo‘yicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirdi.
Davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, do‘st Belarus xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
- Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyingi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarini tarqatib yuborish uchun militsiyaning maxsus bo‘linmasi kuch ishlatishga majbur bo‘lgan.
- Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz to‘plagan.
Mavzuga oid
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko
17:25 / 25.03.2025