Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarim yil ichida rekord sonda amerikaliklar fuqarolikdan voz kechdi
2020 yilning birinchi yarmida rekord sonda amerikaliklar – 5816 kishi AQSh fuqaroligidan voz kechdi. Bunday ma'lumotlarni ekspatlar soliqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi Bambridge Accountans firmasi keltirgan.
Ta'kidlanishicha, butun 2019 yil davomida 2072 amerikalik fuqarolikdan voz kechgan.
Bambridge Accountans egalaridan biri Alister Bembrijning CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, fuqarolikdan, asosan, AQShni “hammasidan to‘ygani” sababli tark etgan amerikaliklar voz kechadi. Ta'kidlanishicha, ko‘pchilikni AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va mamlakatning siyosiy yo‘nalishi tashvishlantiradi.
Amerikaliklarning fuqarolikdan voz kechishga undovchi yana bir sabab soliqlar hisoblanadi: xorijda yashovchi amerikaliklar har yil soliq deklaratsiyasi topshirishlari, boshqa davlatlardagi hisobraqamlari, investitsiyalari va pensiyalari haqida ma'lumot berishlari kerak.
AQSh fuqarolari fuqarolikdan voz kechish uchun 2350 dollar to‘lashlari va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yashayotgan davlatlaridagi AQSh elchixonasiga shaxsan kelishlari lozim.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025