Belarusdagi bir nechta shaharda to‘qnashuvlar boshlandi. Rezina o‘qlar ishga solindi
Minsk va Brestda kuch tuzilmalari namoyishchilarga qarata rezina o‘q uzmoqda, deb xabar berdi Sputnik Belarus.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Brest shahrida namoyishchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan.
Kakaya jyest protiv mirnogo naroda v Breste!
— Belarus іnfarmatsyі (@NEXTA_EN) August 10, 2020
Vyxodite! pic.twitter.com/MdAtPB9a51
"Militsiya yorug‘lik-shovqin granatalarini portlatmoqda, namoyishchilar ularga shisha idishlar va axlat qutilarini uloqtirmoqda. Odamlar OMONchilarga hujum qilmoqda, kuch tuzilmalari xodimlari qalqonlar yordamida himoyalanmoqda", — deyiladi agentlik Telegram-kanalida.
Namoyishchilar ko‘chadagi o‘rindiqlardan barrikadalar qurib olishgan.
Belarus poytaxtida ham xuddi shunday vaziyat sodir bo‘lmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
Minskoye Uruche stoit! pic.twitter.com/h4XOWhFntW
— Belarus іnfarmatsyі (@NEXTA_EN) August 10, 2020
Militsiya namoyishchilarni tarqatishga urinmoqda. Bir guruh muxolifatchilar shaharning bar va qahvaxonalari bilan mashhur qadimiy qismiga qochishgan.
Shu bilan bir vaqtda shahar markaziga namoyishchilarning yangi guruhlari kelishda davom etmoqda.
Pushkinskaya v Minske stanovitsya narodnoy! pic.twitter.com/RUbIjzHehI
— Belarus іnfarmatsyі (@NEXTA_EN) August 10, 2020
Mozir shaharchasida OMONchilar namoyishchilarni quvib yurib do‘pposlayotgani xabar qilingan. Xabarda aytilishicha, ular yo‘lida uchragan kishini u xoh namoyishchi, xoh shunchaki yo‘lovchi bo‘lsin, ayab o‘tirmayapti.
Belarusda ikki kundan buyon norozilik namoyishlari davom etmoqda. Avvalroq to‘qnashuvlarda yuzga yaqin kishi jarohatlangandi. Uch mingga yaqin kishi qo‘lga olingan.
9 avgust kuni mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, prezident Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi hisoblangan Svetlana Tixanovskaya 10,09 foiz ovozga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:37 / 30.05.2023
Kosovodagi to‘qnashuvlarda o‘nlab odam jarohat oldi
08:29 / 17.04.2023
Sudandagi to‘qnashuvlar o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi
01:03 / 27.11.2020
Yevroparlament Belarus va Turkiyaga qarshi sanksiyalar haqida rezolyutsiyalarni qabul qildi
00:48 / 25.11.2020