O‘zbekiston | 23:52 / 11.08.2020
40495
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda mingdan ortiq bemor tuzaldi, 679ta yangi holat qayd etildi

O‘zbekistonda 11 avgust kuni 679 ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 31 ming 983taga yetdi. Bugun shuningdek, 1098 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 11 avgust kuni mamlakatimizda 679 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

11 avgust kuni respublikaning 9 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Qatorasiga beshinchi kun kunlik o‘sish holati 700tadan kam bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+679)

  • Toshkent shahrida 427 holat;
  • Toshkent viloyatida 174 holat;
  • Samarqand viloyatida 21 holat;
  • Andijon viloyatida 13 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 12 holat;
  • Namangan viloyatida 9 holat;
  • Navoiy viloyatida 8 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 8 holat;
  • Buxoro viloyatida 7 holat.

Tuzalganlar (+1098)
Bugun respublikaning 10 hududida mingdan ortiq bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha tuzalganlar soni 24 mingdan oshdi.

  • Toshkent shahrida 781 nafar;
  • Toshkent viloyatida 205 nafar;
  • Samarqand viloyatida 35 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar;
  • Andijon viloyatida 17 nafar;
  • Buxoro viloyatida 10 nafar;
  • Namangan viloyatida 10 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 10 nafar;
  • Xorazm viloyatida 9 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun ham 6 bemor vafoti haqida xabar berildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 206taga yetdi.

  • Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) vafot etdi;
  • Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak) vafot etdi;
  • Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) vafot etdi;
  • Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak) vafot etdi;
  • Shayxontohur tumanida yashagan 32 yoshli Sh.A. (erkak) vafot etdi;
  • Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli N.K. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 7 687 nafar bemordan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid