Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 100 mingdan oshdi. So‘nggi haftada 211 kishi vafot etgan
3–9 avgust kunlari Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari soni 211tani tashkil etgan. Bu haqda mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq rasmiy axborot tarqatuvchi Telegram kanalda ma'lum qilingan.
Vafot etganlar soni hududlarga ko‘ra:
Nursulton shahri — 33;
Almati shahri — 31;
Chimkent shahri — 8;
Aqmo‘la oblasti — 9;
Aqto‘be oblasti — 3;
Almati oblasti — 8;
Atirau oblasti — 6;
Sharqiy Qozog‘iston oblasti — 28;
Jambul oblasti — 1;
G‘arbiy Qozog‘iston oblasti — 23;
Qarag‘anda oblasti — 55;
Mang‘istov oblasti — 1;
Pavlodar oblasti — 3;
Shimoliy Qozog‘iston oblasti — 1;
Turkiston oblasti — 1
Shu kungacha Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasidan o‘lim topganlar soni 1269 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada Qozog‘istonda 722 kishida koronavirus infeksiyasi yuqtirgani holati aniqlangan. Ularning 374 nafarida zararlanish klinik alomatlarsiz kechmoqda. Shu kungacha jami kasallanganlar soni 100 mingdan oshgan — 100 164 bemor. Ularning 73 ming 702 nafari kasallikdan sog‘aygan. So‘nggi sutkada tuzalganlar soni 1179 nafar.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025