O‘zbekiston | 11:28 / 12.08.2020
17417
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 32 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 232 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 215 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlari:

  • Toshkent shahrida 155 holat;
  • Samarqand viloyatida 23 holat;
  • Buxoro viloyatida 23 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 15 holat;
  • Toshkent viloyatida 6 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 208taga yetdi.

Shu vaqtgacha 24 090 bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.

Hozirda mamlakatimizda 7 917 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid