Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sun'iy intellekt sohasida doktorantura ixtisosligi tashkil etiladi
2021-2022 yillarda O‘zbekistonda sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanadi.
Prezidentning “2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ochiqlandi.
Rejaga ko‘ra, sun'iy intellekt sohasida doktorantura ixtisosligini tashkil etish va 2021/2022 o‘quv yilidan kelishilgan qabul kvotalari asosida qabul qilish mo‘ljallanmoqda.
Bunda:
“Axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt” doktorantura ixtisosligini tashkil etish;
2021/2022 o‘quv yili uchun iqtisodiyotning barcha tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha (tibbiyot, ta'lim, turizm, qishloq xo‘jaligi) xususiy sektor vakillari ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mavzular doirasida qabul kvotalar sonini ajratish;
doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusi 3 yillik qabul kvotalari uchun tavsiyalar ishlab chiqish mo‘ljallangan.
Shuningdek, Milliy sun'iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazini tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy amaliy markazida “Milliy sun'iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazi”ni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Bunda:
markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari;
maqsad va vazifalari;
bosqichma-bosqich rivojlantirish choralari;
moliyalashtirish mexanizmlari;
mahalliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish vazifalari va boshqalar nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:15 / 20.05.2025