Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdan kelganlar uchun 7 va 14 kunlik karantin tartibi joriy etiladi
Chet eldan kirib kelganlar («yashil» aviareyslarda kelganlardan tashqari) 14 kun karantinga olinadi. Fuqaro o‘z xohishi bilan profilaktik dorilarni qabul qilsa, bu muddat 7 kunga qisqaradi.
Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 12 avgust kuni e'lon qilingan 43-son bayonida aytib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini inobatga olib, shuningdek, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan shaxslarni karantinga olishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:
- xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan shaxslarni karantinda saqlash muddati 14 kun etib belgilanadi;
- karantin muddatini shaxsning xohishiga ko‘ra yo karantin markazida, yoki mehmonxonada o‘tkazish tartibi saqlab qolinadi;
- karantin muddati shaxsning davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishga roziligiga ko‘ra, karantinda saqlash muddati vrachlar kuzatuvi ostida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarini qabul qilgan) holda 7 kun etib belgilanadi (bunda 7 kunlik karantindan so‘ng test natijasi manfiy bo‘lganda shaxs karantin markazidan chiqariladi).
Mavzuga oid
19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022