Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning qit'adagi qismi va Sitsiliya oroli suv osti tunneli bilan bog‘lanadi
Italiya transport va infratuzilma vazirligi Italiyaning qit'adagi qismi va Sitsiliya orolini bog‘lovchi suv osti tunneli qurilishi loyihasini taqdim etdi. Loyihani Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte ma'qullagan.
Tunnel Italiyaning qit'adagi Kalabriya viloyati va Sitsiliyaning sharqiy qismi o‘rtasida joylashgan Messina bo‘g‘ozi ostidan o‘tadi. Sitsiliyani Italiyaning qit'adagi qismi bilan bog‘lash rejalari azaldan mavjud bo‘lgan. Bu borada ko‘plab loyihalar ishlab chiqilgan, biroq ularning birortasi amalga oshmagan.
Qurilajak tunnel loyihasi 2017 yilda muhandis Jovanni Sakka tomonidan ishlab chiqilgan, biroq oxirgi pallagacha hukumat bu borada yakuniy qarorga kela olmagan.
Tunnel qurilishi 5 yil davom etadi va 1,5 mlrd yevroga aylanadi. Barcha kommunikatsiyalar o‘tkazish, tunnelga kelish yo‘llarini qurish va qadimiy asori-atiqalarni saqlab qolish uchun qurilish joyida arxeologik tadqiqotlar olib borish bilan birga loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Loyiha doirasida Italiyaning qit'adagi qismidan Sitsiliya poytaxti Palermogacha tezyurar temir yo‘li tarmog‘ini davom ettirish rejalashtirilgan.
Tunnel qurilishiga mablag‘lar Yevropaning pandemiyadan jabr ko‘rgan davlatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Yevropa ittifoqi iqtisodiyotini inqirozdan keyin tiklash jamg‘armasidan ajratiladi. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qurilish, transport, mehnat bozori, xizmat ko‘rsatish sohasini jonlantirishga qaratilgan turli infratuzilmaviy loyihalar uchun ham mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025