Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada koronavirus sababli kiritilgan qat'iy karantin rejimi bekor qilindi
Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreya bilan chegarada joylashgan Keson shahrida koronavirus tarqalishi ehtimoli sababli kiritilgan qat'iy karantin rejimini bekor qilishga qaror qildi.
26 iyulda Janubiy Koreyadan Shimoliy Koreyaga qaytgan qochqinda koronavirus olib keluvchi kasallik alomatlari kuzatilayotgani ma'lum qilingan. Shu sababli Kesonda qat'iy karantin rejimi kiritilgan, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In koronavirus tarqalishi oldini olish uchun maksimal shaylik holatiga o‘tilishi mumkinligini aytgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagan. Pandemiya boshlanishi bilan mamlakatda tezkor choralar ko‘rilib, chegaralar yopilib, umummilliy karantin e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025