Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda xonadondan 35 mln so‘m pul va 13 dona taqinchoqni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi
Har ikkala ayblanuvchi ham muqaddam jinoyat sodir etishgan.
Joriy yilning 8 avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani, "G‘ofur G‘ulom" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1971 yil tug‘ilgan L.S. tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u noma'lum shaxslar yashash uyidan 35 million so‘m pul va 13 dona har xil turdagi taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Holat yuzasidan tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyat "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.N. va "G‘ofur G‘ulom" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1994 yilda tug‘ilgan I.B. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Gumondorlardan 5 million so‘m pul hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, har ikkala ayblanuvchi ham muqaddam jinoyat sodir etishgan.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
18:19 / 13.01.2025