Jahon | 13:37 / 17.08.2020
26883
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus hukumati Lukashenko oldida vakolatini topshirdi

Belarus hukumati prezident saylovining g‘olibi deb rasman e'lon qilingan Aleksandr Lukashenko oldida vakolatini topshirdi. 

Foto: ABC

BeLTA agentligining xabariga ko‘ra, Konstitutsiyaning 106-moddasi va «Belarus Respublikasi Vazirlar Kengashi haqidagi» qonunning 9-moddasiga binoan, hukumat yangidan saylangan davlat rahbari oldida vakolatini topshirdi.

Avvalroq Lukashenko hukumatning keyingi ishlari bo‘yicha hujjatlarni tezkor tayyorlash haqida topshiriq bergan edi. U yangi hukumat deyarli shakllangani, ammo ba'zi bir «o‘zgarishlar» bo‘lishi mumkinligini ta'kidladi. Lukashenko yangi hukumat shakllangani haqida xabar olganini va saylovdan keyin kimlar bilan ishlashi ma'lum ekanini aytgan edi.

Belarus hukumati 3 iyun kuni iste'foga chiqarildi. Lukashenko buni prezident saylovi bilan bog‘liq ekanini aytdi. Yangi bosh vazir sifatida Davlat harbiy-sanoat qo‘mitasi raisi Roman Golovchenko tayinlandi.

Mavzuga oid