Hindistonda Oyda binolarni qurishni yengillashtiruvchi texnologiya ishlab chiqildi
Hindiston koinot tashkiloti (ISRO) va Hindiston fanlar instituti (IISc) olimlari Oy tuprog‘idan g‘isht tayyorlash usulini ishlab chiqishdi. Bunday g‘ishtlarni Oyda odamlar yashashi uchun yaroqli bo‘lgan binolarni qurishda qo‘llash mumkin, deb xabar berilgan IISc saytida.
Bunday g‘ishtlarga bakteriyalar va no‘xat daraxti hosillaridan tayyorlanadigan quyultiruvchi modda – guar kamedi qo‘shiladi.
Bugungi kunda Yerdan Oyga bir kilogramm yukni yuborish narxi 20 ming dollarga yaqinni tashkil qilgan bir paytda, hind olimlari taklif qilgan usul Oyda binolar qurilishi sarf-xarajatlarini ancha kamaytirishga imkon beradi. “Oy” g‘ishtlarini olishda, shuningdek, inson siydigidan olinadigan mochevina qo‘llanadi. Sporosarcina pasteurii bakteriyasi kalsiy va mochevinadan foydalanib, kalsiy karbonati kristallari hosil qiladi. Olimlar ushbu bakteriyalarni Oy tuprog‘i nusxasi bilan qorishtirishgan va unga birlashtiruvchi komponent sifatida guar kamedini qo‘shishgan. Shundan keyin qorishma bir necha kun inkubatorda qoldirilgan.
Natijada anchagina pishiq va shu bilan birga tokarlik stanogida istalgan shaklga keltirish mumkin bo‘lgan mahsulot hosil bo‘lgan. Bu istalgan shakl va o‘lchamdagi briketlarni olish imkonini beradi.
Aniqlanishicha, Hindistonda kalsiy karbonati hosil qila oladigan va bir necha marta arzonroq Bacillus velezensis bakteriyasi ham topilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 19.11.2024
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
16:43 / 17.11.2024