Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Karim Kamolov poytaxtda davolanmoqda» – Buxoro viloyati hokimi o‘limi haqidagi xabarlar rad etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi hudud rahbari Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi.
Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etgani haqida xabarlarni rad etdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar hech qanday asosga ega emas.
Karim Kamolov hozirda poytaxtdagi shifoxonada davolanmoqda. Uning salomatligi malakali shifokorlar nazoratida. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, blogerlardan yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘raymiz», deyilgan hokimlik bayonotida.
Sog‘liqni saqlash vazirligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Karim Kamolov Toshkenttdagi Akfa Medline klinikasida davolanmoqda.
Ma'lumot uchun, Karim Kamolovda 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida davolanishni boshlagandi. 29 iyul kuni esa Kamolov davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazilgandi.
Karim Kamolov 29 fevraldan buyon Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. U bosh vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazilgan O‘ktam Barnoyevning o‘rnini egallagandi.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024