O‘zbekiston | 23:51 / 17.08.2020
43785
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Besh hududda yangi holatlar aniqlandi, kunlik o‘sish 600dan kamaydi

O‘zbekistonda 17 avgust kuni 598ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 35 ming 927taga yetdi. Bugun shuningdek, 607 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 17 avgust kuni mamlakatimizda 598 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun respublikaning 5 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 598ta yangi holat qayd etildi. Endilikda jami zararlanish holatlari soni 35 ming 329taga yetgan.

Bu iyul oyi boshidan buyon kunlik kasallanish holati ilk marta 600dan kamroq bo‘lishidir.

Yangi holatlar (+598)

  • Toshkent shahrida 407 holat;
  • Toshkent viloyatida 155 holat;
  • Samarqand viloyatida 27 holat;
  • Andijon viloyatida 5 holat;
  • Navoiy viloyatida 4 holat.

Tuzalganlar (+607)
Bugun respublikaning 7 hududida 607 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 31 ming 580 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 392 nafar;
  • Toshkent viloyatida 186 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Navoiy viloyatida 7 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 5 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Kun davomida Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar bemor vafot etgani tasdiqlandi. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 238tani tashkil etmoqda.

  • Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. (ayol) vafot etdi;
  • Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G.Ch. (ayol) vafot etdi;
  • Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak) vafot etdi;
  • Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol) bemor vafot etdi;
  • Chirchiq shahrida yashagan 75 yoshli T.Yu. (erkak) vafot etdi;
  • Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli R.I. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 109 nafar bemordan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid