Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In «muhim» masala bo‘yicha partiyaning navbatdan tashqari plenumini chaqirtirdi
Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining navbatdan tashqari plenumi “muhim” masalani muhokama qilgani 19 avgustda Pxenyanda yig‘iladi. Bu haqda Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga tayanib Bloomberg xabar berdi.
Xabarda ta'kidlanishicha, plenum «Koreya inqilobini rivojlantirish va partiya jangovar qudratini kuchaytirish uchun favqulodda muhim qarorni muhokama qiladi va qabul qiladi».
Ekspertlar plenumning bunday shoshilinch chaqirilishi nimani anglatishini bilishga ham urinmayaptilar. Ularning fikricha, ehtimol yig‘ilishda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chenning vakolatlari yanada kengaytirilishi muhokama qilinishi mumkin. Plenum, shuningdek, Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturlari sohasidagi muhim qarorlar qabul qilinishi yoki koronavirus pandemiyasi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025