Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha tashqi ishlar vazirligi sanksiyalar Belarusni Rossiyaga yanada yaqinlashtirishini aytdi
Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiyning aytishicha, Belarusning Yevropa bilan hamkorligi borasida aniq taklif berish rasmiy Minsk, ehtimol Aleksandr Lukashenkoni ham muxolifat bilan muzokara boshlashga yo‘llashning yagona usulidir.
Yevroittifoq davlatlari hukumatlari Belarusning hozirgi rahbariyati harakatlarini shunchaki qoralamasligi, balki Minskda Yevropa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati ham borligini anglatishi lozim. Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy ana shunday fikrni aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina sanksiya kiritish tahdidi Belarusni Rossiya bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga majbur qilib, vaziyatni yanada yomonlashtiradi.
«Sanksiyalar bilan chegaralanib va boshqa imkoniyat qoldirmasdan, biz Belarusni Rossiya ta'siri ostiga yanada chuqurroq kiritamiz. Belaruslar o‘z rivojlanish yo‘llarini o‘zlari tanlash imkoniga ega bo‘lishi kerak, bizning vazifamiz – ularga asl tanlovni taklif etish», — dedi Yablonskiy.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Belarusning Yevropa bilan hamkorligi borasida aniq taklif berish rasmiy Minsk, ehtimol Aleksandr Lukashenkoni ham muxolifat bilan muzokara boshlashga yo‘llashning yagona usulidir.
«Muxolifat ham, hukumat ham Belarusda Rossiya bilan hamkorlik o‘rniga boshqa tanlov ham borligini ko‘rsin», — deya izoh berdi Yablonskiy.
Mavzuga oid
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
22:20 / 29.05.2023
Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
12:24 / 26.12.2022