Germaniya to‘rt kunlik ish haftasi yordamida inqirozdan chiqmoqchi
Germaniya mehnat vazirining so‘zlariga ko‘ra, ish haftasini qisman kompensatsiya to‘lovlari to‘lash bilan qisqartirish eng ma'qul chora bo‘ladi.
Germaniya mehnat vaziri Xubertus Xayl ish haftasini to‘rt kun qilib belgilash inqirozni bartaraf etishda yordam berishini aytdi.
"Inqirozdan birgalikda chiqish uchun yaxshi va pragmatik g‘oyalar kerak", — dedi u Funke mediaguruhi nashrlariga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ish haftasini qisman kompensatsiya to‘lovlari to‘lash bilan qisqartirish eng ma'qul chora bo‘ladi.
Xayl bunga ijtimoiy hamkorlarning roziligi kerakligini qo‘shimcha qildi.
IG Metall kasaba uyushmasi rahbari Yorg Xofman ham to‘rt kunlik ish haftasi avtomobil sanoati kabi sohalardagi o‘zgarishlarga munosib javob bo‘ladi va ish o‘rinlarini saqlab qolish imkonini beradi deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
11:10
Merkel memuarida RFga nisbatan siyosatini himoya qilib chiqdi
13:43 / 21.11.2024
Germaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam partiyasini yubordi
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
19:34 / 20.11.2024