Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko armiya Yevropa ittifoqi bilan chegarada jangovar shay holatga keltirilganini ma'lum qildi
Belarusning g‘arbiy chegarasida vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat xavfsizlik kengashi a'zolari bilan yig‘ilishda ma'lum qildi.
Uning aytishicha, g‘arb davlatlari vakillarining Belarusga harbiy bostirib kirilishi mumkinligini tasdiqlovchi bayonoti paydo bo‘lgan.
“G‘arb davlatlari vakillari, jumladan, Belarus qayerdaligini va bu yerda nima yuz berayotganidan umuman bexabar bo‘lgan ba'zi davlat rahbarlarining bayonotlari paydo bo‘ldi. Biroq ular shunga qaramay, bunday bayonotlar bermoqdalar”, deb aygan Lukashenko.
“Shukurki, biz bunga javob berib, chegaralarimizning g‘arbiy sarhadlarida armiyamizning harbiy bo‘linmalarini joylashtirdik va ularni to‘liq jangovar shay holatga keltirdik”, deb aytgan Lukashenko yig‘ilishda.
U mamlakat ichida tartib o‘rnatish uchun ba'zi bo‘linmalar, ayniqsa maxsus operatsiyalarni bajaruvchi kuchlarni jalb qilishga to‘g‘ri kelganidan afsus bildirgan.
“Nima qilamiz, aholimizning muayyan qismi shunaqa. U nafaqat nima qilayotganini anglamaydi, balki buni ataylab qiladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Belarus rahbari.
“Bugungi kunda nafaqat ichki, balki tashqi muammolar paydo bo‘lmoqda. Bunday harakatlar mutlaq muvofiqlashtirilganini ochiqchasiga ko‘rib turibmiz. Biroq bu hali cho‘qqisi emas. Hodisalar tegishli ravishda rivojlanishda davom etadi, biroq biz qanday yo‘nalishda ekanini bilamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, mamlakatda saylovlardan keyin tinchimayotgan noroziliklar hukumatni o‘z harbiylarini ichki ishlarga aralashtirishga majbur qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
10:25 / 03.05.2023
O‘zbekistonda Yevropa kuni o‘tkaziladi
10:37 / 19.04.2023
Senat raisi Tanzila Norboyeva YeI vakillari bilan uchrashdi
21:36 / 20.12.2022