Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar yuzlab odamlarni garovga oldi
Nigeriya shimolidagi Borno shtatida jangarilar yuzlab odamlarni garovga oldi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.
Mahalliy manbalarning ma'lum qilishicha, “G‘arbiy Afrikada Islom davlati” (ISWAP) terrorchi guruhi jangarilari Kukava shahrini bosib olib, u yerdagi tinch aholini garovga olgan.
Ta'kidlanishicha, garovga olinganlar hududdagi yomon vaziyat sababli ikki yilga yaqin ko‘chirilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan lagerda kun kechirib, yaqindagina shaharga qaytishgan bo‘lgan.
Ayni vaqtda mamlakat xavfsizlik xizmatlari odamlarga yordam berish uchun zarur choralar ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025