O‘zbekiston | 12:28 / 19.08.2020
6252
2 daqiqa o‘qiladi

«Tamakidan voz kechish – har bir inson o‘z salomatligi uchun bajara oladigan eng yaxshi ishlardan biri» – shtab a'zosi

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nargiza Nurullayeva fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob qaytardi.

Foto: Shutterstock

Murojaatlardan birida COVID-19 pandemiyasi davrida tamakidan boshqa turdagi chekish vositalariga o‘tish bo‘yicha ekspertlar tavsiyalari mavjudmi, deya so‘ralgan.

“Bir turdagi chekish vositasidan boshqa turiga o‘tish bu chekuvchining o‘z-o‘zini soxta tinchlantirishi va oqlashidir. Shunday ekan chekishning avvaldan isbot qilingan yomon ta'siri yo‘qolmaydi. Bizga chekuvchilar chekishni tashlash jarayonida sekin astalik bilan chekishni tashlash yoki bir vositadan boshqa biriga o‘tish mumkinmi degan savollarni tez tez berib turishadi. Biz shuni ta'kidlaymizki, chekishni tashlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon emas, u to‘liq chekishdan voz kechishni talab qiladi. Tamakidan voz kechish – bu har bir inson o‘z salomatligi uchun bajara oladigan eng yaxshi ishlardan biridir”, - deya savolga javob berdi Nargiza Nurullayeva.

Brifingda koronavirus onadan homilaga vertikal o‘tishi haqidagi savolga ham javob berildi.

“Hozirgi kunda COVID-19 onadan homilaga o‘tmaydi, degan ma'lumotlar mavjud. Bunday xulosalarga turli mamlakatlar olimlarining ma'lumotlariga asoslangan xolda kelingan. Koronavirus infeksiyasi birorta amniotik suyuqlikda, birorta kindik qonida va ko‘krak sutida aniqlanmagan. Tug‘ilgan chaqaloqlarning qoni tahlilida ham COVID-19 manfiy bo‘lgan”, - dedi shtab a'zosi.

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid