Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha charter reysini amalga oshiradi
Uzbekistan Airways 2020 yil 21 va 28 avgust kunlari Toshkent – Frankfurt - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiradi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
Toshkent – Frankfurt
Toshkentdan ketish vaqti - 05:45, Frankfurtga qo‘nish vaqti - 09:40;
Frankfurt - Toshkent
Frankfurtdan ketish vaqti - 11:40, Toshkentga qo‘nish vaqti - 20:55.
Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnoviga aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales Markaziy sotuvlar ofisida 2020 yil 19 avgust soat 9:30dan boshlab tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan sotib olish mumkin:
- chet el fuqarolari uchun - pasport;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos.
Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so‘ramaslik so‘ralgan.
Chiptada ko‘rsatilgan narxni Uzbekistan Airways filialining kassasida to‘lagan pul miqdori bilan solishtirish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
22:37 / 09.05.2025