Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroyda 153 mln so‘mlik videokuzatuv kameralarini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Omborxonada sodir etgan o‘g‘rilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Yakkasaroy tumani IIO FMBdan xabar kelib tushgan, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, yanvar oyidan avgust oyiga qadar jizzaxlik 26 yoshli S.A. o‘zi yukchi bo‘lib ishlagan MChJlardan birining omborxonasidan 36 yoshli A.K.ga tegishli narxi 153.988.380 so‘m bo‘lgan videokuzatuv kameralari va boshqa moslamalarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4 qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025