O‘zbekiston | 23:49 / 20.08.2020
36282
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kun davomida 600ga yaqin holat aniqlandi, 500ga yaqin bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 20 avgust kuni 594ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 38 mingga yaqinlashdi. Bugun shuningdek, 498 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 20 avgust kuni mamlakatimizda 581 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun respublikaning 9 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlandi va jami holatlar soni 37 ming 693taga yetdi. Qatorasiga oltinchi kun kunlik kasallanish holatlari soni 600dan past bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+581)

  • Toshkent shahrida 385 holat;
  • Toshkent viloyatida 123 holat;
  • Namangan viloyatida 30 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 19 holat;
  • Xorazm viloyatida 13 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Jizzax viloyatida 3 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+498)
Bugun respublikaning 7 hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 498 nafari sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 33 ming 442 nafarga (88 foiz) yetdi. 

  • Toshkent shahrida 308 nafar;
  • Toshkent viloyatida 151 nafar;
  • Samarqand viloyatida 15 nafar;
  • Navoiy viloyatida 9 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 7 nafar;
  • Andijon viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugan Toshkent shahrida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 1, Toshkent viloyatida ham 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani qayd etildi. O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘limlar soni 254taga yetdi.

  • Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli K.K. (erkak);
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 54 yoshli I.M. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli A.T. (erkak);
  • Yangiyo‘l tumanida yashagan 68 yoshli M.B. (ayol);
  • Termiz shahrida yashagan 68 yoshli R.B. (erkak) vafot etdi. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3997 nafar bemor davolanmoqda, shundan 255 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid