O‘zbekiston | 18:56 / 21.08.2020
4672
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyalik ekspertlar guruhi COVID-19'ga qarshi kurashda yordamlashish uchun O‘zbekistonga kelmoqda

Germaniyaning nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri – Robert Kox instituti boshchiligida tashkil etilgan ekspertlar delegatsiyasi koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga kelmoqda.

Foto: "Dunyo" axborot agentligi

«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, missiya O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

10 kishilik delegatsiya «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning maxsus charter reysi bilan Frankfurt-Mayn shahridan yo‘lga chiqqan bo‘lib, soat 21:00da Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Foto: "Dunyo" axborot agentligi

Ular bir hafta – 28 avgustgacha O‘zbekistonda bo‘ladi.

Ekspertlar jamoasi – Robert Kox instituti mutaxassislari, Frankfurt-Mayn va Dyusseldorf universitetlari klinikalarining malakali vrachlari, shuningdek Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillaridan tashkil topgan.

Delegatsiyaga Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari – Xalqaro sog‘liqni saqlash axborot markazi rahbari doktor Andreas Yansen boshchilik qiladi.

Andreas Yansen / Foto: "Dunyo" axborot agentligi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zbekistonga Rossiyadan 40 nafarga yaqin mutaxassislar guruhi koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun kelgandi.

Mavzuga oid