Lukashenko Makron va "sariq nimchalilar" o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini aytdi
Avvalroq Emmanuel Makron Yevroittifoq Belarus hukumati va xalqi o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini bildirgandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va "sariq nimchalilar" orasidagi muzokaralarda "vositachilik" qilishga tayyorligini aytdi.
Makron avvalroq Yevroittifoq Belarus hukumati va xalqi o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini bildirgandi.
"Makron Belarusdagi muzokaralarda vositachilik qilmoqchi. Keling, avval men borib, "sariq nimchalilar" va Makron o‘rtasida vositachilik qilay. U yerda, Xudo saqlasin, qanday vaziyat ekanligini – terrorni ham, "sariq nimchalilar"ni ham ko‘rishmayapti", - dedi Lukashenko.
Lukashenko shuningdek, "belarus xalqining buyuk do‘sti", AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo respublikadagi vaziyatga nisbatan izohlar bilan "portlaganini" qayd etdi.
"Avval o‘zlarini eplab olishsin. Nega G‘arb qayg‘urmoqda? Nemislar koronavirusni uddalay olmayapti, namoyishlar. Ular nega Belarus haqida o‘ylanishyapti? Bu e'tiborni o‘z muammolaridan boshqa tomonga chalg‘itish uchun qulay vaziyat. Buni ko‘rib turibmiz", - dedi Aleksandr Lukashenko.
Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘ldi. Muxolifat uning bu g‘alabasini tan olmadi.
Shuningdek, Yevropa ittifoqi ham Belarusdagi saylov natijalarini tan olmasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
20:18 / 16.11.2024