Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida vaqtinchalik prezident tayinlanadi
Harbiy qo‘zg‘olon yuz bergan Malida rahbarlik vazifalarini maxsus tayinlangan prezident bajaradi. Bu haqda qo‘zg‘olonni amalga oshirgan harbiylar ma'lum qilgan. Ularning bayonotida vaqtinchalik prezident harbiy bilan qatorda fuqaro shaxsi bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.
“Biz o‘tish vaqti prezidenti bilan o‘tish kengashi tashkil etmoqchimiz. Biz bu o‘tishni boshlash uchun fuqarolik jamiyati, muxolif partiyalar, siyosiy ko‘pchilik, butun dunyo bilan aloqada bo‘lib turibmiz”, deb ma'lum qilgan qo‘zg‘olonchilar vakili polkovnik Ismoil Vag.
Avvalroq Malida harbiylar tomonidan poytaxt Bamako yaqinidagi harbiy bazada qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Uning davomida harbiylar prezident Ibrohim Bubakar Keyta va bosh vazir Bubu Sisseni hibsga olishgan. Keyinroq prezident iste'foga chiqishini va parlament hamda hukumat tarqatilib yuborilishini e'lon qilgan.
Harbiylar mamlakatda umumiy saylovlarga olib keluvchi siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga chaqirishgan, chegaralar yopilishi va komendantlik soati kiritilishini e'lon qilishgan.
Mavzuga oid
12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar
15:19 / 16.02.2025
Malida noqonuniy oltin shaxtasi qulashi tufayli 48 kishi halok bo‘ldi
22:49 / 11.02.2025
Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi
14:12 / 26.01.2025