Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 4,6 mlrd dollarga kamaydi
2020 yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha respublika tashqi savdo aylanmasi (TSA) 19,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,6 mlrd AQSh dollariga yoki 19,3 foizga kamaydi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (396,6 mln. AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi (329,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (173,6 mln. AQSh dollari), BAA (7,9 mln. AQSh dollari) va Fransiya (3,2 mln. AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Respublikada tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2020 yilning yanvar-iyul oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,6 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan ulushi 5,9 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025