O‘zbekiston | 11:27 / 21.08.2020
16559
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qariyb 3 metrlik «kannabis» aniqlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 5 avgust kuni soat 14:30da IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Tadbir davomida Kitob tumani Shatri qishlog‘ida yashovchi 38 yoshli Ya.H.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, hovlisida uch tup yashil rangli, o‘ziga xos hidli o‘simliklari ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu holat xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida Ya.H.ning hovlisidan olingan balandligi 250 sm.dan 280 sm.gacha bo‘lgan, poyasining qalinligi 24,0 mm.dan 41,0 mm.gacha bo‘lgan, uch tup nam holdagi (quritilmagan) o‘simliklar “kannabis” o‘simligi ekanligi, ularning jami sof og‘irligi 4500,0 gramm ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid