Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etdi
Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 2,9 foizga kamaydi.

Foto: Fotolia
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18,8 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 23,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 84,6 trln so‘mni (7,3 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 6 trln so‘mni (37,1 foizga kamaydi) tashkil etdi.
Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘sish sur'atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 81,8 foiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga va 18,2 foiz yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
2019 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan respublikaning Farg‘ona (94,5 foiz), Namangan (93,8 foiz), Sirdaryo (93,6 foiz), Xorazm (89,4 foiz) va Surxondaryo (88,5 foiz) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining kamayish sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati (100,7 foiz) va Toshkent shahrida (103,3 foiz) qayd etildi.
Mavzuga oid

15:29 / 05.04.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

21:58 / 25.03.2025
O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi

16:53 / 24.03.2025