Shavkat Mirziyoyev Bektemirda zamonaviy qurilish korxonasini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumaniga safari davomida «Binokor» mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi.
«Davlat rahbarining tumanga avvalgi tashrifi chog‘ida bu korxona faoliyati haqida taqdimot o‘tkazilgan edi. Umumiy qiymati 50 million dollardan ziyod bo‘lgan loyihaning birinchi bosqichi 2018 yilda ishga tushirilgan. Bugungi kunda ikkinchi bosqichi faoliyat boshlash arafasida.
Buning uchun yangi majmuaga Germaniyaning Vollert, Würschum, Italiyaning Maema, Schnell, AWM, Rossiyaning «Tochnaya Stroitelnaya Mexanika», «Gruzopod'yem», Polshaning Airpol va Ispaniyaning Azcona Y Pantoja SL kompaniyalari bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiya va dastgohlar keltirib o‘rnatilgan.
Shu o‘rinda eslash joizki, avvalgi yigirma yilda ko‘p qavatli uylar qurish tajribasi yo‘q bo‘lish holatiga kelib qolgandi. Bunga ixtisoslashgan avtokranlar ham, mutaxassislar ham yetishmasdi. Oxirgi 3 yilda birgina Sergeli tumanida 460ta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Mamlakatimiz bo‘ylab bunday bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
«Binokor» korxonasida tayyorlanayotgan temir-beton panellar ko‘p qavatli uylar va boshqa inshootlar qurishda qo‘llanmoqda. Hozirgacha bu yerda 1 ming 200dan ziyod muhandis va mutaxassislar ishlab, yiliga 150 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarayotgan edi. Korxona to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga yana 180 ming kvadrat metr qurilish paneli tayyorlanib, qo‘shimcha 670 ta ish o‘rni yaratiladi.
Prezident korxona faoliyati bilan tanishar ekan, mas'uliyati cheklangan jamiyatning moddiy-texnik bazasidan foydalanib, bu yerda o‘quv-amaliyot kombinati tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
«Mamlakatimizda katta-katta qurilishlar bo‘lyapti, yana rejalar ko‘p. Yoshlarga zamonaviy qurilish texnologiyalari bo‘yicha yetarli malaka bersak, daromadlari ham ikki-uch barobar oshadi», - dedi davlat rahbari.
Shu yerda 2020-2022 yillarda Toshkent shahri hamda Bektemir tumanida amalga oshiriladigan eksport va investitsiya loyihalari bo‘yicha ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
21:40 / 19.04.2024
Toshkent aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarga nom berishda ishtirok etishi mumkin
14:25 / 06.04.2024
Hashar bahona tashkilotlar xodimlarining bir kunlik ish haqi ushlab qolinyapti. Bu qonunga zid
18:59 / 11.03.2024
Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi
16:08 / 06.02.2024