Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MChJ omborxonasidan 57 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishdi
Yakkasaroy tumanida trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, may oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davr mobaynida 22 yoshli Sh.O. va 28 yoshli B.T. MChJlardan birining omborxonasidan 57 870 AQSh dollariga teng trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur fuqarolar shu korxonaning ishchilari bo‘lishgan. O‘g‘rilik haqida MChJ rahbarining o‘rinbosari 41 yoshli J.S. xabar bergan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025