O‘zbekiston | 09:01 / 22.08.2020
3597
2 daqiqa o‘qiladi

7 oyda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 116,5 trln so‘mga yetdi 

2020 yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 116,5 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11,1 trln so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 0,7 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning iyul oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 0,4 trln. so‘mga kamaydi va atigi 15,9 trln. so‘mga yetdi. 

2020 yil 6 diskret (iyun) oyining hajmiga nisbatan taqqoslaganda, 2020- yil 7 diskret (iyul) oyining hajmi 4,4 trln. so‘mga kamaygan. 

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil, moliyaviy xizmatlar 33,9 foizga (ko‘rsatilgan xizmatlar jami hajmining mutlaq o‘sishiga ta'siri 1,8 foiz punkt), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 15,1 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,2 foiz punkt), ta'lim sohasidagi xizmatlarning 11,6 foizga ko‘tarilishidir (mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,1 foiz punkt). 

2020 yilning yanvar-iyul oylarida jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining o‘tgan yilni shu davriga nisbatan solishtirma narxlardagi o‘sish sur'ati 0,7 foizni tashkil etdi. 

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining nisbatan pastligiga asosiy omil bo‘lib, transport xizmatlarining 10,5 foizga (ularning salbiy ta'siri 0,6 punktga), savdo xizmatlari 2,7 foizga (-0,2 punktga), shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari 19,5 foizga, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 16,4 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 10,6 foizga, me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarning 9,2 foizga pasayishi 0,1 punktga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. 

Mavzuga oid