Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Shodmonov germaniyalik mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazdi. Ular koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonida ishtirok etadi
Yevropalik mutaxassislar guruhi shu yilning 28 avgustiga qadar yurtimizda bo‘lib, poytaxt, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar.
Kuni kecha koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘mak berish maqsadida yana bir guruh germaniyalik mutaxassislar mamlakatga keldi.
Bugun, 22 avgust kuni, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov nufuzli nemis mutaxassislari ishtirokida o‘zaro muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev.
Muloqotda Germaniyaning Robert Kox instituti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va Dyusseldorf universiteti hamda Frankfurt-Mayn universiteti klinikalaridan kelgan mutaxassislar bilan yurtimizda pandemiyaning ta'sirini imkon qadar kamaytirish, kasallik tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolashda nemis mutaxassislari va mahalliy shifokorlar o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Yevropalik mutaxassislar guruhi shu yilning 28 avgustiga qadar yurtimizda bo‘lib, poytaxt, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025