AQShda infeksiyalar tashuvchi chivinlarga qarshi yuz millionlab mutant chivinlar qo‘llashmoqchi

Foto: Evanto
AQShning Florida shtatida tropik kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida irsiy modifikatsiya qilingan Aedes aegypti turidagi 750 mlnta chivin erkinlikka chiqariladi. Bu haqda Foxnews telekanali xabar berdi.
Mahalliy rasmiy idoralar chivinlarni 2021 yildan boshlab ikki yil davomida Florida-Kis oroli ustida qo‘yib yuborilishiga ruxsat bergan.
Transgen hasharotlar Zika virusi, denge bezgagi, bezgak va sariq isitma tashuvchisi hisoblangan Aedes aegypti turidagi chivinlar ko‘payishiga qarshi o‘zgartirilgan. Chivinlarning aynan urg‘ochilari odamlar va hayvonlarni chaqib, shu yo‘l bilan viruslarni yuqtiradi. Ushbu turdagi chivinlarning erkaklari urg‘ochilarining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gap shundaki, mutant chivinlardan urchigan urg‘ochi chivinlar faqat urg‘ochilardan iborat nasl beradi va u lichinkaligi vaqtidayoq nobud bo‘ladi. Shu tariqa ushbu turdagi chivinlar ancha kamayishi mumkin.
Floridada 2009 va 2010 yillarda denge bezgagining avj olishi qayd qilingan. Biroq mutaxassislar ushbu dastur insektitsidlarga chidamli yangi turdagi chivinlar paydo bo‘lishiga olib kelishidan xavotirlanmoqdalar.
Mavzuga oid

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?

12:00 / 17.04.2025