Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lixtenshteyn Chexiyadan urush paytida musodara qilingan yerlarni qaytarishni talab qildi
Lixtenshteyn knyazligi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilib, Ikkinchi jahon urushi paytida musodara qilingan yerlarni qaytarilishini talab qildi.
Financial Times xabariga ko‘ra, Lixtenshteyn 2 ming kv.km. hudud bo‘yicha bahs yuritmoqda. Bu karlik davlatning hozirgi maydonidan (160 kv.km.) 12,5 barobar kattadir.
Yerlar 1945 yilda musodara qilingan. Chexiya va Lixtenshteyn bu hududlar bo‘yicha 70 yildan beri bahslashmoqda. 2009 yilda tomonlar diplomatik munosabatlarni tiklashgan edi.
«Noqonuniy qaror va uning ijrosi oqibatlari biz uchun hal qilib bo‘lmas masalaga aylangan»,— dedi Lixtenshteyn tashqi ishlar vaziri Katrin Eggenberger.
Chexoslovakiyaning urushdan keyingi konstitutsiyaviy tarkibini ta'minlashga qaratilgan 143ta dekret prezident Edvard Benesh tomonidan 1940–1945 yillarda imzolangan va 1946 yilda parlament tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
13:50 / 05.05.2025