Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTH oqibatida tez yordam mashinasi ag‘darilib ketdi
Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berildi.
Joriy yilning 21 avgust kuni taxminan soat 16:30da Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi Gulzor chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Tez yordam avtomobili haydovchisi, 53 yoshli G.B. svetoforning taqiqlovchi belgisi ostida harakatlanib, 40 yoshli N.N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
YTH oqibatida tez yordam mashinasi ag‘darilgan, haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, «tez yordam» yo‘lovchisi, 29 yoshli hamshira X.A.ga ham badan shikastlari yetgan.
Spark avtomobili haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, tez yordam mashinasining maxsus tovush va yorug‘lik signallari yoqilmagan bo‘lgan.
Tekshiruv davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
16:23 / 29.07.2024