Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bali yil oxiriga qadar xorijlik turistlarni qabul qilishdan voz kechdi
Baliga 2019 yilda 6 milliondan ortiq xorijlik turistlar kelgan – bu Indoneziyaga kelgan barcha turistlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Indoneziya hukumati Bali orolini 11 sentyabrdan xorijlik turistlar uchun ochish rejasidan voz kechdi va orol 2020 yil oxiriga qadar ochilmasligini e'lon qildi.
«Indoneziya hukumati 2020 yil oxiriga qadar xorijlik sayohatchilar uchun o‘z eshiklarini ocholmaydi, chunki biz qizil hudud bo‘lib qolmoqdamiz», — dedi orol gubernatori Vayyan Koster.
Bali gubernatorining qayd etishicha, orol hukumati ichki turizmni rivojlantirishga e'tibor qaratadi. U orol mahalliy turistlar uchun iyul oxiridan buyon ochiqligini eslatib o‘tdi.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, Indoneziyada pandemiya boshlanganidan buyon 155 412 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, 6759 kishi vafot etgan. Bali orolida 4576ta kasallanish holati va 52ta o‘lim tasdiqlangan.
Baliga 2019 yilda 6 milliondan ortiq xorijlik turistlar kelgan – bu Indoneziyaga kelgan barcha turistlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi. Indoneziya hukumatining hisob-kitobiga ko‘ra, pandemiya sababli mamlakatning turizm sohasidagi daromadi 10 mlrd dollardan ortiqroqqa kamayadi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025