Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Lukashenko Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi belaruslarda sinovdan o‘tkazilishiga kelishib olishdi
Belarus fuqarolari Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichida ixtiyoriy tartibda ishtirok etishadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko navbatdagi telefon orqali muloqotini o‘tkazishdi. Suhbat chog‘ida Belarus va uning tashqarisidagi vaziyat muhokama qilindi, deb xabar berdi BeLTA.
Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko shuningdek, Belarus fuqarolari Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichida ixtiyoriy tartibda ishtirok etishiga kelishib olishgan.
Belarus yangi vaksina yetkazib berilgan ilk xorijiy mamlakat bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Belarus xuddi Shvetsiya singari koronavirus tarqalishi sababli keskin choralar kiritmadi va chegaralarni yopmadi. Futbol bo‘yicha Belarus chempionati pandemiya bois to‘xtatilmagan Yevropadagi yagona chempionat bo‘ldi.
Lukashenko bir necha bor virus xavfini bo‘rttirmaslikka chaqirgandi. U Belarusda hech kim koronavirusdan o‘lmagani va o‘lmasligini ta'kidlagan. Iyulda esa o‘zi ham koronavirusdan sog‘ayganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025