Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport vazirligi: ZOOM orqali o‘tkaziladigan og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro turnir boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi
O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida – 28-30 avgust kunlari og‘ir atletika bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi» onlayn xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
ZOOM platformasi orqali tashkil etiladigan musobaqada dunyoning 32 davlatidan 150 nafarga yaqin eng sara polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib borish istagini bildirgan.
Ular orasida Olimpiada va jahon chempionlari Zulfiya Chinshanlo (Qozog‘iston), Luis Moskera (Kolumbiya), Li Venven (Xitoy) kabi mashhur sportchilarning borligi ushbu musobaqaga bo‘lgan qiziqish yuqoriligini ko‘rsatib turibdi. O‘z navbatida, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo‘rayev, Muattar Nabiyeva kabi nomdor atletlarimiz ham onlayn xalqaro turnirda o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Ta'kidlash joiz, ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladigan bellashuvlar «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.
Umid qilamizki, eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz arafasida bo‘layotgan musobaqada og‘ir atletikachilarimiz o‘z g‘alabalari bilan xalqimizni xushnud etadi.
Musobaqa tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi
15:23 / 04.12.2023