O‘zbekistonda ilk bora NESTLE bolalar ovqatlari axborot markazi ish boshladi

Nestlé kompaniyasi o‘zining Nestlé Baby&me axborot markazini ishga tushirganiga bir oydan oshdi. Markaz o‘z faoliyati doirasida ota-onalarga tug‘ilgandan to 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan bog‘liq savollar bo‘yicha yordam beradi. Tug‘ilishi bilanoq bolalarni ovqatlantirish mavzusidagi savollar bilan +998712005090 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zbek va rus tillarida maslahat olish mumkin. Uzluksiz 30 kun faoliyati davomida markaz operatorlari tomonidan respublika bo‘yicha 130 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqilib, o‘z javobini topgan.
Tug‘ilishidanoq bolani to‘g‘ri ovqatlantirish uning rivojlanishi va sog‘lig‘i uchun katta ahamiyatga ega ekanligi barchaga ma'lum. Albatta ko‘krak suti bola organizmi uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Bola organizmi va ayniqsa uning ovqat hazm qilish jarayoni hali rivojlanmagan va unga alohida e'tibor talab etiladi. Shuning uchun ota-onalar bolani ovqatlantirish bo‘yicha muammo va savollarga tez-tez duch kelishadi. Nestlé Baby&me axborot markazi xodimlarining tavsiyalari davolovchi shifokor qabulining o‘rnini bosmaydi. Bola holatini to‘g‘ri baholash va optimal ozuqa bo‘yicha tashxis belgilash uchun shifokor ko‘rigi talab etiladi.
Nestlé Baby&me axborot markazi hafta davomida 7 kun va 24 soat faoliyat ko‘rsatadi. Tungi vaqtda operatorlar ertangi kun uchun ariza olib qoladilar. Tungi vaqtda olingan arizalar bo‘yicha tibbiy maslahatchilar keyingi tongdan boshlab qaytib qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradilar.
Telefon: +998712005090
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

19:37 / 01.02.2024
NESTLÉ® brendi bilan yangilanish to‘lqinini ushlang!

20:56 / 23.06.2020
Nestle noroziliklar tufayli Redskins va Chicos brendlari nomini o‘zgartirmoqda

21:51 / 12.08.2019
Nestle Yaponiya bozoridagi KitKat shokoladlarining plastik qadog‘ini qog‘oz qadoqlarga almashtiradi

09:00 / 25.10.2018