O‘zbekiston | 14:19 / 25.08.2020
4206
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi jamoatchilik fondi O‘zbekiston xalqiga 20 dona kislorod konsentratori sovg‘a qildi

Qozog‘istondagi «Shug‘ila» jamoatchilik fondi tomonidan O‘zbekiston xalqiga 20 dona kislorod konsentratori sovg‘a qilindi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, koronavirusdan davolanishda qo‘l keladigan ushbu apparatlar O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasiga topshirilgan.

Qozog‘istondagi «Shug‘ila» jamoatchilik fondining faoliyati xayriya va ijtimoiy muhim loyihalarga qaratilgan. Fondga 2007 yilda asos solingan va uzoq yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fond asosan xayriya, tibbiyot va ijtimoiy yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshiradi.

Fond 4000 dona kislorod konsentratori xarid qilib, 22 iyuldan boshlab Xitoyning Guangjou shahridan Olmaotaga barchasini paydar-pay keltirgan.

Bu apparatlar turli tadbirkorlar va kompaniyalar, shuningdek Qozog‘istonning turli burchaklarida yashayotgan oddiy odamlar, xorijdagi qozog‘istonliklarning (jumladan, talabalar) faol ishtiroki tufayli fond tomonidan to‘plangan mablag‘ evaziga xarid qilingan. XXRdan yuklarni olib kelishda transport xarajatlarini moliyalashtirishda hukumat ham yordam bergan. Shartnoma imzolash, yukni jo‘natish, apparatni ishlab chiqaruvchi zavod bilan ishlashda Qozog‘iston tadbirkorlar assotsiatsiyasi — «KAZKA»ning yordami ham beqiyos bo‘lgan.

Koronavirus pandemiyasini birgalikda yengib o‘tish, shuningdek yaxshi qo‘shnichilik va birodarlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida fond rahbariyati tomonidan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston xalqlariga 20 donadan kislorod konsentratorlari yordam tariqasida berilishiga qaror qilingan. «Domino Trade» MChJ, «Vipharm» MChJ va  «Bauten» MChJ bu borada homiylik yordami ko‘rsatishgan.

Mavzuga oid