Taksi faoliyati uchun litsenziya bekor qilinmaydigan bo‘ldi
Lisenziya saqlab qolingan bo‘lsa-da, uni olish soddalashtirilishi ma'lum qilindi. Yetkazib berish xizmati uchun litsenziya bekor qilinadi.
2021 yildan boshlab, O‘zbekistonda yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish litsenziyasi joriy etiladi. Amaldagi tartibga asosan, bu 3 xil faoliyat uchun alohida litsenziya olish lozim.
Bundan tashqari, 6 xil litsenziya birlashtirilib, ularning o‘rniga yagona – yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish litsenziyasi paydo bo‘ladi.
Prezidentning 24 avgustda e'lon qilingan litsenziyalash tizimini isloh qilishga oid farmonida yuqoridagidek tartib belgilangan.
Farmonga asosan, 1 yanvardan boshlab yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyati uchun litsenziya to‘liq bekor qilinadi. Ya'ni keyingi yildan yetkazib berish («dostavka») xizmati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Ta'kidlash joiz, 2020 yilgi davlat dasturini tasdiqlash haqidagi prezident qarorida, jismoniy shaxslarga avtomobilda yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilangan edi.
Adliya vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bu borada tegishli hujjat ishlab chiqilgan.
«Yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilgan. Loyiha ko‘rib chiqilmoqda, qabul qilinganda bu jarayon soddalashtiriladi», – dedi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Javohir Kullizoda 25 avgustdagi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ma'lum qilingan, ammo 9 iyunda e'lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko‘zda tutilmagandi.
Mavzuga oid
11:49 / 06.11.2024
Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
18:50 / 29.10.2024
Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi
07:50 / 25.10.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
11:00 / 26.09.2024