Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
COVID-19’ga chalingan bemorlardagi immun javob takror kasallanishdan himoya qiladi – shtab a'zosi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova ishtirokida AOKAda brifing o‘tkazildi.
Unda fuqaroning COVID-19’dan tuzalgan kishida immunitet shakllanadimi yoki kasallikni bir necha marta yuqtirishi mumkinmi, agar immunitet pasayib ketsa, vaksina ishlab chiqarishda bu ta'sir ko‘rsatadimi, deya berilgan savoliga javob qaytarildi.
«COVID-19 yangi kasallik bo‘lganligi bois bu borada aniq javob yo‘q. Savolga javob berish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur, ayniqsa bir kishida kasallik kechishi vaqti va antitanachalar javobini, xususan, T-hujayra reaksiyasini o‘rganish lozim. Hozircha bizga ayon bo‘lishicha, COVID-19`ga chalingan bemorlarda ma'lum darajada immun javobi shakllangan bo‘lib, u takror kasallanishdan himoya qiladi.
Lekin bu immun javob qay darajada saqlanishi va qancha vaqt davom etishi bizga ma'lum emas. Avvalgi koronavirus infeksiyalarini (SARS, MERS) davolash tajribalari, shuningdek, Yevropa davlatlarida olib borilgan tadqiqotlardagi ma'lumotlar vaqt o‘tishi bilan immunitet pasayishini ko‘rsatadi.
Yaqin vaqtlarda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, immun javob pasayishi davri — 75 kunni tashkil etadi. Lekin bu — vaksina ta'sir ko‘rsatmasligini anglatmaydi. Chunki emlashdan so‘ng organizmda infeksiyaga qarshi qanday kurashishni eslatuvchi "xotira hujayralari" ishlab chiqariladi.
Bu hujayralar bosh miya suyaklarida yashaydi va tanaga infeksiya yuqishi jarayonida faollashadi», - dedi Barno Abdusamatova savolga javoban.
Shuningdek, koronavirusdan himoyalanish usullari haqida ham ma'lumot berildi.
«Butun dunyodagi olimlar va shifokorlarning tavsiyalari bir xil. Buni yodda qoldirish juda oson. Koronavirusni nazorat qilish qiyin emas.
Undan himoyalashning 3 ta eng muhim usuli mavjud:
- qo‘llarni doimo sovunlab yuvish;
- niqob taqish;
- oraliq masofani saqlash (2 metr). Buni fan isbotlagan.
Tibbiy niqobni har 2 soatda almashtirish kerak, niqob taqilsa — virus 80 foiz nazorat qilinadi.
Shu 3 ta tavsiyaga qunt bilan amal qilinsa, virus organizmga tushgan taqdirda ham, yuklamasi kamayadi va kasallik yengil kechadi. Buni esa nisbatan davolash oson», - dedi shtab a'zosi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023