Iqtisodiyot | 19:14 / 26.08.2020
3831
1 daqiqa o‘qiladi

Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumi 2021 yilning yoziga ko‘chirildi

BIF boshqaruvchi direktori Edrian Monkning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil yanvarida forumni xavfsiz sharoitda o‘tkazishning imkoni bo‘lmaydi.

Foto: EPA-EFE/LAURENT GILLIERON

Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumi (BIF) yanvar oxiridan 2021 yilning yoziga ko‘chirildi. Bu haqda BIF bayonotida ma'lum qilindi.

"Bugun BIF Davosdagi 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan yillik yig‘ilishni kelasi yil yoz oyiga ko‘chirish haqida qaror qabul qilganini ma'lum qilmoqchiman", - dedi BIF boshqaruvchi direktori Edrian Monk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil yanvarida forumni xavfsiz sharoitda o‘tkazishning imkoni bo‘lmaydi.

Butunjahon iqtisodiy forumiga 1971 yilda asos solingan. Unga dunyoning turli mamlakatlaridan 1000ga yaqin kompaniya va tashkilotlar a'zo hisoblanadi. BIF qarorgohi Jyeneva yaqinidagi Koloni shahrida joylashgan.

Mavzuga oid