O‘zbekiston | 15:42 / 26.08.2020
13943
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin zonalari va koronavirusni davolash bilan bog‘liq obektlarni qurish uchun ajratilgan mablag‘lar haqida ma'lumot berildi

Karantin zonalarini qurish va koronavirusni davolash bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash obektlarini qurish, jihozlash va zarur infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq xarajatlar uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan 599 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Moliya vaziri Timur Ishmetov Davlat budjetining 2020 yilning 1-yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisidagi ma'ruzasida shu haqda ma'lumot berdi.

«Jumladan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi (20 ming o‘rinli) karantinda saqlash majmuasi uchun 234,3 mlrd. so‘m; 

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi (10 ming o‘rinli) maxsus shifoxona qurilishi uchun 286,2 mlrd. so‘m;

Toshkent shahrida zamonaviy diagnostika laboratoriyasi kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 10 mlrd. so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlaridagi tashkil etiladigan maxsus shifoxonalar hamda vaqtinchalik karantinda saqlash majmualarining qurilishi va jihozlashi uchun 66,1 mlrd. so‘m;

Epidemiologiya va mikrobiologiya yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutini rekonstruksiya qilish uchun 2,5 mlrd. so‘m yo‘naltirildi», - deyiladi ma'ruzada.

Mavzuga oid