Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pandemiya ta'sirida 2139ta kichik tadbirkorlik sub'yekti o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan» – Moliya vazirligi
Savdoda 871 ta, sanoatda 571 ta, oziq-ovqat xizmatida 191 ta va boshqalar sohasidagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini to‘xtatgan. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Davlat budjetining 2020 yilning 1-yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Qonunchilik palatasi yalpi majlisidagi ma'ruzasida ma'lum qilgan.
“Karantin vaqtida o‘z faoliyatini to‘xtatgan 95 144 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga 155,3 mlrd. so‘m qat'iy soliqlar hisoblanmadi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar 630 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 307 mlrd. so‘mga quyidagi sabablarga ko‘ra kamaydi:
birinchidan, to‘lovchilarning bir qismi, yil yakunlari bo‘yicha aylanma summasi 1 mlrd. so‘mdan oshganligi uchun umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tganligi;
ikkinchidan, pandemiya natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining ishlab chiqarish hajmi joriy yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8 foizga, xizmatlar hajmi 2,3 foizga, chakana savdo aylanmasi 2,9 foizga kamaydi.
Shu bilan birga, joriy yilning 2-choragida pandemiya ta'sirida 2139 ta kichik tadbirkorlik sub'yektlari o‘z faoliyatlarini vaqtincha to‘xtatgan, bunda savdoda 871 ta, sanoatda 571 ta, oziq-ovqat xizmatida 191 ta va boshqalar sohasidagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini to‘xtatgan.
Shuningdek, nooziq-ovqat bozorlari, mobil do‘konlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtalishi natijasida, ikkinchi chorakda uyushmagan savdoning chakana savdo aylanmasi tarkibidagi ulushi birinchi chorakdagi 8,4 foizdan 3,7 foizga tushib, birinchi chorakka nisbatan 2 martaga kamaygan”, - deyiladi ma'ruzada.
Mavzuga oid
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
14:46 / 14.04.2025